Konservasiya
Konservasiya (lot. conservatio — saqlash) — 1) tarixiy va madaniy Yodgor- liklar (me’moriy inshootlar, arxeolo- gik topilmalar, tasviriy va amaliy san’- at asarlari, kitob, qo’lyozma va b.)ni dast- labki yoki K.ga tushgan vaqtdagi qiyofasi, chidamliligini uzoq muddatga saqlashni ta’minlovchi chora-tadbirlar yig’indisi. Restavrasiya b-n uzviy bog’liq. Muzey, kutubxona, arxivlarni isitish, shamol- latish, barcha saqlanayotgan narsalar uchun mo»tadil harorat, namlik, havo tarkibi sharo-itlarini yaratish orqali erishila- Di. Maxsus tartibdagi saqlashda havoni tozalovchi filtrli vitrinadan foy- dalaniladi; buyumlar, san’at asarlari maxsus jild va javonlarda saqlanadi. Yog’och, mato, teri buyumlariga kimyoviy moddalar b-n ishlov beriladi, xom so- Pol, yog’och buyumlar bo’zilmasligi uchun maxsus sintetik elimlar b-n ishlana- Di; hujjatlar, bosma matnlar shaffof qobig’b-n, metall, shisha, suyak buyumlar rangsiz lok b-n qoplanadi. Me’moriy obidalarning asosi, devori, gumbazlari mustahkamlanadi, himoya qurilmalari barpo etiladi; 2) biron-bir qurilish yoki korxo- na ishining muayyan sabaoga ko’ra uzoq muddatga to’xtatib qo’yilishi; 3) DVI- gatellar, mashinalar va b. texnika vo- sitalari uzoq muddat ishlatilmay tur- ganda ularni korroziyadan saqlash uchun ko’riladigan tadbirlar (mas, moylash, nam o’tkazmaydigan narsa b-n o’rash va b.); 4) yog’och materiallarni chirishdan asrash, hasharotlar va dengizda yashovchi yog’och kemiruvchilaridan saqlash uchun ularga maxsus modda b-n ishlov berish. Yog’ochni K. lashning eng samarali va oson usuli unga kimyoviy moddalar shimdirish va maxsus pastalar surkashdir.


