KONSILIUM

KONSILIUM (lotincha consilium — kengash) — bemorga tashhis qo’yish va davolash masalalarini hal etish uchun o’tkaziladigan vrachlar (bemorga bevosita aloqador bo’lgandan tashqari tor soha mutaxassislari) kengashi. Bemorni davolovchi vrach (bemorning ahvoli og’ir yoki kasallikni aniqlash qiyin bo’lgan hollarda) yoki uning yaqin kishilari iltimosiga binoan o’tkaziladi.