Konstantin I
Konstantin I, Flaviy Valeriy, Buyuk Konstantin (taxm. 285, Naissus — 337, Ankiron) — Rim imperatori (306— 337). Davlat boshqaruvini bosqichma- bosqich markazlashtirib borgan, oldingi diniy e’tiqod — butparastlikni saqlab qolgan holda, xristianlar cherkovini qo’llab-quvvatlab turgan. K.I. davridagi muhim voqealardan biri — 313 y.dagi Milan edikta edi. Unga binoan, xristi- an diniga e’tiqod qiluvchilarga erkin- lik berilib, cherkov va cherkov mulklari qaytarib berildi. 324-330 y.larda VI- zantii sh. o’rnida yangi poytaxt — kon- stantinopolta asos solgan. K.I davrida uning g’alabalari sharafiga Rimdagi za- Far darvozasi qurilgan.


