Konstantina

Konstantina – Jazoirning shim.-Sharqiy qismidagi shahar. Kon- stantina viloyatining ma’muriy Mar- kazi. Aholisi 450 ming kishidan ziyod (1990-y.lar boshlari). T.y. va avtomobil yo’llari tuguni. Yirik savdo-sanoat Mar- kazi, don va boshqa q.x. mahsulotlari bo- zori. Traktorsozlik, stanoksozlik z-Di, oziq-ovqat, to’qimachilik, metallsozlik korxonalari bor. Hunarmandchilikda qo’lda gilam to’qiladi, poyabzal va charm- dan turli buyumlar tayyorlanadi. Shaharga mil. AV. 3-a.da asos solin- gan. Mil. AV. 3-a. oxiri va 2-a.larda nu- midiylar qirolligi poytaxti bo’lgan va Tsirta (kirta) deb atalgan. Mil. 311 y.da Rimliklarga qarshi qo’zg’olonni bostirish vaqtida vayron qilingan. Shahar 313 y.dan uni qayta tiklagan Rim imperatori Konstantin nomi b-n atala boshlagan. 7-a.dan boshlab turli Arab davlatlari tarkibida, 16-a.da tur- klar qo’l ostiga o’tdi. 1837 y.da Frantsiya qo’shinlari tomonidan egallandi. Shahar jazoirliklarning mustamlakachilikka qarshi ozodlik harakatlarining muhim markazlaridan bo’lgan. Me’moriy Yodgor- liklaridan katta masjid (11-a.), Madra- sa va maqbaralar (18-a.), Ahmadboy sa- royi (19-a.), un-t majmuasi (20-a.) va b. saqlangan. Badiiy hunarmandchilikning qad. markazi. Muzey bor.