KONSTANTINOPOL SHARTNOMALARI
KONSTANTINOPOL SHARTNOMALARI (1700, 1879) – 1) 1700 y. 14 iyulda Rossiya b-n Turkiya o’rtasida tuzilgan shartnoma. Unga ko’ra, Azov den- gizi va uning atrofidagi erlar Rossiyada qoldirildi, u Qrim xoniga to’laydigan yillik to’lovlardan xalos bo’ldi. Turkiya esa Rossiya qaytarib bergan Dnepr atro- fidagi o’z istehkomlarini buzib tashlash majburiyatini zimmasiga oldi; 2) Rossiya b-n Turkiya o’rtasida 1877-78 y.lardagi rus-turk urushidan so’ng 1879 y. 27yanv. (8 Fev.)da imzolangan sulh shartnoma-si. U Berlin bitimida o’zgartirishsiz qabul qilingan San-Stefano shartnomasini (1878) yanada mustahkamladi. Turkiya Ros- siyaga to’laydigan kontribusiyalarning miqdorini belgilab berdi.