Konsul
Konsul (lot. consul — maslahatchi) — 1) Kdd. Rimda ilk respublika davri- da vujudga kelgan oliy mansabdor shaxs. Konsullar 2 kishidan iborat tartibda dastlab 1 yillik muddatga faqat Pa- trisiylar tomonidan saylangan. Mil. AV 367 y.dan so’ng K.dan biri plebeylar orasidan saylangan. K. xalq yig’inlari va Senatni chaqirgan. Alohida hollarda Senat K.ga cheksiz xuquqlar bergan. K. imperiya davrida o’z amaliy ahamiyatini yo’qotib, faxriy unvonga aylangan; 2) o’rta asr shim. va Markaziy Italiya shaharlaridagi oliy mansabdor shaxs. 8-a. ning 1-yarmida K. fuqarolar tomonidan, asosan, 1 yilga 4— 12 kishidan iborat tarkibda saylanib, oliy ijroiya, ma’- muriy, moliyaviy, sud va qisman qonun chiqaruvchi hokimiyatga egalik qilgan va shahar patrisiylari manfaatini ifoda etgan; 3) bir davlatning boshqa davlat hududida o’z mamlakati, uning yuridik shaxslari va fuqarolari manfaatlarini himoya qilish, 2 davlat orasida siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy aloqalarni rivojlantirishga yordam berish uchun tayinlanadigan mansabdor shaxs. K.ning tayinlanishida uni qabul qiluvchi dav- latning aniq roziligi talab etiladi. K. qabul qiluvchi davlatning qonunlari, odat va an’analarini buzmasligi lo- zim. K.ning faoliyati uni yuboruvchi davlat elchixonasi tomonidan nazorat etiladi. K.lik toifalari K.larning o’z xizmat darajadari b-n bog’liq unvon- lari bo’lib, ularning 4 xili mavjud: Bosh K., K., Vise-K. va K.lik agentlari. K.lik toifalarini berish, yuboruvchi davlatning ichki ishi hisoblanadi va shu davlatning qonunlari b-n tartib- ga solinadi. 1963 y.da BMT doirasida «K.lik aloqalari haqida» Vena Konven- tsiyasi ishlab chiqilgan, 1994 y. 6 mayda O’zbekiston Respublikasi ushbu Konven- tsiyaga qo’shilgan. O’zbekiston, shuningdek, bir qator davlatlar b-n K.lik bitimlari tuzgan va ularda K.lik vakolatxonalari va b. mansabdor shaxslar faoliyat doira- si, huquq, imtiyoz va immunitetlari bel- gilangan. 1996 y. 29 avg. da O’zbekiston Respublikasi konsullik ustavi qabul qilindi, unda K.lik muassasalarining ishini tashqil etish, shu ishlarni baja- rish tartibi K.lik mansabdor shaxslar tomonidan belgilab berildi.