Konsullik, konsullik vakolatxonasi

Konsullik, konsullik vakolatxonasi — ikki davlat orasida aloqalar o’rnatilishi natijasi o’laroq tashqil etiladigan vakolatxona. K.ning maqomi ikki tomonlama bitim yoki xalqaro huquqning amaldagi normalariga ko’ra belgilanadi. K.ning maqomi, odatda, Di- plomatik vakillikka tenglashtiriladi. K.ning joylashgan o’rni, ba’zi hollarda esa, uning xodimlari soni, K. o’z faoliya- tini amalga oshiradigan okrug ham qabul qiluvchi davlat vakillari b-n kelishila- Di. K. okrugi — qabul qiluvchi davlatdagi, hukumatlar o’rtasidagi bitimga muvofiq konsul o’z zimmasiga yuklatilgan majbu- riyatlarni bajaradigan xudud. Bir qator holatlarda K. okrugi eng imtiyozlashti- rilgan holat sharoitlari qo’llanilishi tufayli aniqlanishi mumkin. Alohida K. mavjud bo’lmagan hollarda elchixona- da qabul qiluvchi davlat poytaxti yoki boshqa erlarda K. vazifalarini bajarish uchun K. bo’limi tashqil etiladi. Elchixo – naning K. bo’limida ishlash uchun elchixo- naning diplomatik va ma’muriy-texnik xodimlari ajratiladi, ular elchixonaga tegishli bo’lganligi uchun o’z makrmini saqlab qoladilar.