Kontaktor

Kontaktor — past kuchlanishli o’zgaruvchan va o’zgarmas tok zanjirlarini ma’lum masofadan turib ulab o’zadigan elektromagnit apparat. Mustaqil va magnitli ishga tushirish, ish mashinasi va qurilma ichiga o’rnatilgan xillari bo’ladi. Elektromagnitdan tok o’tganda elektromagnit g’altagi yakorni o’ziga tortadi va zanjir kontaktlari tutasha- Di. K. boshqarish zanjiriga ketma-ket yoki parallel ulanadi. K. kuchlanishi 650 V gacha, tok kuchi 1000 A gacha bo’lgan elektr mashinalari va apparatlarini boshqarishda qo’llaniladi. O’zgarmas tok K.lari tramvay, trolleybus va elektro- voz dvigatellarini, o’zgaruvchan tok K.lari asinxron dvigatellarni (stanok, liftlarda) boshqarish uchun ishlatiladi.