Konteyner

Konteyner (ing. container — joylashtirmoq) — 1) yuklarni idishsiz tashish uchun mo’ljallangan qurilma. K. mexanizasiyalashgan ortish-tushirish va yuklash uchun moslashtirilgan bo’ladi. Yuk ortilgan K. ning massasi 0,625; 1,25; 2,5; 5; 10; 20 va 30 t li bo’lishi mumkin. K.larning o’lchami va tuzilishi yuklarni mexanizasiya vositasida tez yuklash, tu- shirish va yaxshi saqlanishini ta’min- lashi kerak. Vazifasiga ko’ra, universal va maxsus turlarga bo’linadi; ular yog’och va metalldan yasaladi. Tuzilishiga qarab yopiq, ochiq, kataksimon, ajratma va tax- Lama turlarga ajratiladi; 2) radioaktiv moddalarni vaqtincha saqlash yoki tashish uchun mo’ljallangan qurilma; 3) neft mahsulotlari qayta haydaladigan idish (rezervuar, bak, qabul qilgich) va b.