Kontsentrat ozuqalar, kontsentratlar

Kontsentrat ozuqalar, kontsentratlar — tarkibidaozuqa modda- lar miqdori yuqori bo’lgan emlar ozuqa moddalari tarkibiga ko’ra K.o ugle- vodli (kraxmal va qandga boy bo’lgan suli, arpa, makkajo’xori doni tegirmon k-tlari chiqindilari, uzum, qand Lav- lagi turpi, barda va b.) va proteinli (dukkaqli don ekinlari doni, kunjara, shrot, go’sht, go’sht-suyak, qon va baliq un- lari) guruhlarga bo’linadi. 1 kg ugle- vodli K.o.da 0,7— 1,3 ozuqa birligi va 70-80 g hazm bo’luvchi protein, protein- li K.o.da 0,7—1,2 ozuqa borligi va 180— 350 g hazm bo’luvchi protein bor. K.o.dagi energiya kontsentrasiyasi hayvonning talabidan yuqoridir. Shu- ning uchun o’simlik mahsulotlari b-n oziqlanadigan hayvonlarni tanho kon – tsentrat ozuqa b-n boqib bo’lmaydi. Hay- vonlarning kundalik rasionida dag’al, shirali ozuqalar va yoz faslida esa ko’k o’tlar bo’lganda rasionning energetic va proteinli to’yimligini oshirish maqsadida kontsentrat ozuqalardan foy- dalaniladi. Hayvonlarga K.o. edirish mikdori ularning mahsuldorligiga bog’liq bo’lib, 10-15 kg sut beradi- gan sog’in sigirlarga 1 kunda 2,5—3 kg, bo’rdoqidagi qoramol uchun kunlik semirish 800-1000 g mo’ljallangan bo’lsa, rasion to’yimligining 40-50% ini kontsentrat ozuqa tashqil qilishi mumkin. Qochirish mavsumida nasldor ko’chqorlarni boqishda va 1 yoshdan oshgan qo’ylarni bo’rdoqiga boqishda har kuni 1 bosh qo’yga 800-1000 g atrofida K.o. beriladi. Cho’chqa, parrandalar, mo’ynali hayvonlar rasioni asosan K.o.dan ibrat. Ro’zimat Hamroqulov, Tal’at Akmal- Xonov.