Kontsepsiya

Kontsepsiya (lot. conceptio — majmua, tizim) — 1) biror sohaga oid qarashlar, tamoyillar tizimi, fakt va hodisalarni tushunish, anglash va izohlashning muayyan usuli, asosiy nuqtai nazar; 2)adabiyotda — biror asarning asosiy g’oyasi. K. badiiy asar mohiyatini, ijodkorning «meni»ni ifoda etadi. Biroq badiiy asar K.si ayrim holatlarda muallifning sub’ek- TIV qarashlaridan keng qamrovli buli- shi mumkin. Ba’zan muallif mo’ljaliga zid holat yuz bersa ham, mohiyat e’ti- bori b-n asar o’z K.siga ko’ra muallif- ning badiiy-estetik olamiga tegishli bo’ladi. O’quvchining ma’naviy-ruhiy saviyasi, tarixiy shart-sharoitdan kelib chiqqan holda badiiy asar K.si alohida ta’kidlanib, ochiq-oydin ifoda etila- Di. Inson va borliq mohiyatiga ko’ra, K. bir butunlikni tashqil etadi. Masa- lani muayyan ijodkorning o’z K.si yoki alohida olingan qaqiqiy san’at asari- ning K.si tarzida qo’yish ham mumkin. Boshqa jihatdan, badiiy asar K.si unda tasvirlangan badiiy-estetik, obrazli dunyo orqali hayotni anglash mexanizmi — usuli bo’lib ham maydonga chiqadi. Umu- man, K. badiiy asarning san’at, adabiyot va madaniyat tarixidagi o’rnini hamda o’quvchilar ommasiga ta’sir etish dara- jasini belgilaydi.