Konus kesimlari

Konus kesimlari – to’g’ri doiraviy konus sirtnn uning uchi- dan o’tmaydigan tekislik b-n kesganda hosil bo’ladigan chiziqlar. SA yasovchi S dan farkli ixtiyoriy M nuqtani olib, u orqali konus o’qiga perpendikulyar a, tekislik o’tkazilsa, kesimda a y l a n a , ST ga perpendikulyar bo’lmagan va hamma yasovchilarni kesuvchi A2 tekis- lik o’tkazilsa — ellips, biror yasovchi (mas, 5V)ga parallel bo’lgan A3 tekis- lik o’tkazilsa parabola, ikkita yasovchiga parallel bo’lgan A4 tekislik o’tkazilsa giperbola hosil bo’ladi. M nuqtadan o’tuvchi ixtiyoriy tekislik uchta yasovchiga parallel bo’la olmaganligi sababli, doi- raviy ko-nusning kesimida boshqa chiziq hosil bo’lmaydi. Kesim ellips va parabola bo’lganda kesuvchi tekislik doiraviy konus sir- tning bir qismini, giperbola bo’lganda ikkala qismini kesib o’tadi. Konus ke- simining ixtiyoriy M nuqtasi uchun df.di nisbat o’zgarmas bo’ladi. Bu nisbatning qiymati X konus kesimining ekstsen- trisiteti deyiladi. K. k. ikkinchi tar- tibli chiziqlardir. K. k. haqidagi iz- chil asar birinchi marta iskandariyalik olim Appoloniy Pergskiy tomonidan yozilgan (mil. AV. 3-a.). 19-a.da Belgiya- lik matematik Dandelen K. k.ni konus sirtga ichki chizilgan sfera yordamida to’la o’rgangan. K. k. astronomiya va texni – kada keng qo’llaniladi. Mas, projector vareflektorlarda parabolik ko’zgular ishlatiladi. Quyosh sistemasidagi sayyo- ralar K. k. bo’ylab harakatlanib, uning fokuslaridan birida Quyosh turadi. Ko- metalar parabola va giperbola bo’ylab harakatlanadi.