KONVENTSIYALAR
KONVENTSIYALAR, xalqaro konventsiyalar (lotincha conventio — kelishuv, bitim) — xalqaro shartnomalar turlaridan biri; odatda, davlatning biron- bir maxsus sohadagi o’zaro huquklari va majburiyatlarini belgilab beradi. Ko’p tomonlama Konventsiyalar umumiy tusdagi me’yorlarni o’z ichiga oladi [masalan, Gaaga konventsiyalari (1899 va 1907), Jeneva konventsiyalari (1949) va boshqalar]; ko’pincha, Konventsiyalar biron- bir sohaga ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilinadi (masalan, xalqaro mehnat tashkilotining konventsiyalari).