Konverter, konvertor
Konverter, konvertor (ing. converto — o’zgartiraman, aylantiraman) — suyuq cho’yanga kislorod yoki havo yubo- rib po’lat olinadigan yoki shteynlarga havo yoki kislorod yuborib qora metal yoxud rangli metall sulfidlari oli – nadigan metallurgiya agregati; konver- ter ishlab chiqarishi qurilmasi. Po’lat olishda, asosan, kislorodli K. ishlati- ladi. Ilgari bu maqsadda Bessemer va Tomas K.lari ishlatilgan. K. nok yoki tsilind-rik ko’rinishda bo’ladi. K.ni tubidan, yonidan va ustidan kislorod (havo) beriladi. K.ni maxsus mexanizm b-n og’dirib bo’g’zidan cho’yan quyiladi, unga flyus, temir-tersaklar solinadi. Tayyor mahsulotlar (po’lat, shlak, gazlar) ham shu bo’g’zidan olina- Di. Bunday K.larning sig’imi 400 t gacha boradi. Shteynlardan mahsulotlar oli- nadigan K.ning ichiga magnezit g’ishti teriladi. K.ning bo’g’zidan shteynlar, flyuslar va b. materiallar solinadi. Bunda havo yoki kislorod K.ning pastki qismida joylashgan furma orqali beri- ladi. Hosil bo’lgan mahsulot (shlak va metall) bo’g’zidan quyib olinadi (yana q. Bessemer jarayoni, Tomas jarayoni).