Kon’yunktiva

Kon’yunktiva (lot. Conjunctivus — biriktiruvchi) — ko’z shilliq pardasi. Yuqori va pastki qovoqlarning ichki (ko’z soqqasiga qaragan) sathini va ko’zning oqsil (oq) pardasini bekitib turadi. Qovoqlar ust tomondan yupqa teri b-n, ko’zning ichki yuzasiga qaragan sathi esa shilliq parda — K. b-n qoplangan. K.lar ichkarida ko’z soqqasiga yopishadi. Yuqori qovoqning shilliq qavatida 30-40, pastki qovoqning ichki yuzasida 20-30 ta mayda ko’z yoshi bezchalari joylashgan. Ular ajratgan suyuqlik K.ni, shilliq parda sathini va ko’z muguz pardasini to’xtovsiz namlab, qurib qolishdan sak- dab turadi (yana q. Ko’z).