Kon’yunktivit
Kon’yunktivit — kon’yun- ktivaning yallig’lanishi. Asosan, in- fektsiya (streptokokk, pnevmokokk va b.), fizik va kimyoviy moddalar tushishi (mas, qovoklarni hadeb bo’yash — ekzogen omil), umumiy infektsion kasalliklar (qizamiq, skarlatina, allergik yoki me’- da-ichak yo’li kasalliklari — endogen omil), shuningdek, alkogolizm va b. sabab bo’ladi. O’tkir va surunkali K. farq qilinadi. O’t k i r K. kelib chiqishiga ko’ra infek- tsion bo’lib, odatda, to’satdan boshlana- Di. Ko’pincha, ikkala ko’z baravar sanchib og’riydi, achishadi, yosh oqadi, qovoq shi- shadi, og’irlashib, yumilib qoladi, bemor yoruqqa qaray olmaydi (q. Yoruqqa qaray olmaslik); ko’zdan yiring oqa boshlaydi, ko’z yorig’i torayadi, ko’rish izdan chiqadi va h.k. Ba’zan K. alomatlari ro’yi-rost ko’rinmaydi, grippga o’xshab kechishi ham mumkin. Ko’pincha mikroblar va VI- ruslar qo’zg’atadigan K. yuqumli bo’ladi. Shu bois, kasallik alomatlari paydo bo’lganda darhol ko’z vrachiga ko’rinish zarur. Surunkali K. asta-sekin rivoj- lanadi. Unga turmushda, ish joyida sanitariya-gigiena sharoitining yomon bo’lishi (chang, tutun, xonaning yaxshi shamollatilmasligi, kimyoviy moddalar hidi), kamqonlik, qandli diabet, mod- dalar almashinuvining buzilishi, tish, tomoq, burun kasalliklari, ko’zning gipermetropiya yoki astigmatizm tufay- li zo’riqib ishlashi, qovoq va ko’z Yoshi yo’li kasalliklari sabab bo’ladi. Bun- da bemorning ko’zi achishadi, yosh oqadi, qovog’i qichishadi, sanchib og’riydi, go’yo ko’ziga qum qadalayotgandek bo’ladi. K. uzoq cho’ziladi, dam bosilib, dam zo’rayib turadi. Bemor faqat ko’z vrachi buyurgan dorilar b-n davolanishi kerak. K.ning oldini olish uchun shaxsiy va umumiy gigiena qoidalariga qatiy rioya qilish zarur.


