KO’P NUQTA
KO’P NUQTA — ketma-ket qo’yiladigan uch (so’roq yoki undov belgisidan so’ng ikki) nuqtadan iborat tinish belgisi. Ko’p nuqta, asosan, quyidagi o’rinlarda ishlatiladi: 1) gapning tugallanmaganligini bildirganda: — Men nima qilibman… Siz… — dedi Xolmurod… (P. Tursun); 2) nutq jarayonida so’zlovchining to’xtalishini bildirganda: Sen… sen qo’riqqa borasan; 3) iqtiboslarning bir qismi tushirib qoldirilganda; 4) dialogda savol javobsiz qolganda.