Ko`p yillik muzloq yer

Ko`p yillik muzloq yer – mangu go`ng yer, abadiy muzloq yer. Uzoq vaqt davomida (bir necha yildan to ming yillargacha) muzlab yotadigan (harorati 0 darajadan past bo`lgan) tog` jinslari. Odatda qutbiy o`lkalarda va baland tog`larda uchraydi. Ko`p yillik muzloq yerlarning vujudga kelishi haqida ikki xil fikr bor: bir fikrga ko`ra, ular muz bosish davridan qolgan relikt hosiladir, boshqa fikrga ko`ra, hozirgi zamonda vujudga keladi. Yillik o`rtacha harorat 0 darajadan past o`lkalarda hozir ham ko`p yillik muzloq yerlar vujudga kelayotgani haqida ma’lumotlar bor. Ko`p yillik muzloq yerlarning yuza qatlami qisqa yoz faslida eriydi, sovuq tushishi bilan muzlab qoladi; bu qatlam faol qatlam deyiladi.