KO’P YILLIK O’TLAR
KO’P YILLIK O’TLAR – bir necha yil yashaydigan o’t o’simliklar. Ko’pchiligining yer ustki qismi qishda yoki qurg’oqchilik mavsumlarda qurib, faqat tuproq osti qismi (ildizi, ildizpoyasi, piyozi yoki tuganagi) saqlanib qoladi, qulay sharoit kelishi bilan yana ko’karib chiqadi. Ko’p yillik o’tlarning ba’zilari tashqi sharoit ta’sirida o’zgarishi (ko’p yillikdan bir yillikka yoki, aksincha, bir yillikdan ko’p yillikka aylanishi) mumkin. Masalan, ko’p yillik kanakunjut mo’tadil iqlimda bir yillik o’simlikdir. Ko’p yillik o’tlar cho’l va yaylovlarda chorva mollari uchun oziq hisoblanadi.