KOPENGAGEN UNIVERSITETI
KOPENGAGEN UNIVERSITETI -Daniyadagi qadimgi universitetlardan biri. 1479 yil qirol Kristian I tomonidan tashkil etilgan. Ilohiyot, huquq, tibbiyot, falsafa, matematika, tabiiy fanlar bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Universitetda 26 mingdan ortiq talaba ta’lim oladi. Kutubxonasi (1982)da 1 milliondan ortiq asar saqlanadi.