KO’PKANOG’OCH G’ORI

KO’PKANOG’OCH G’ORI – Qoratepa tog’tizmasi (Qashqadaryo viloyati, kitob tumani)dagi g’or, 1050 metr balandlikda. Silur davriga mansub ohaktoshlardan hosil bo’lgan. G’op og’zi uchburchak shaklda, Janubi-G’arb tomonga ochilgan. Ichkariga tomon torayib boradi. Devorlari va shipida mumiyo qoplami uchraydi. Umumiy uzunligi 12 metrdan ziyod, maydoni 167 metr kvadrat, hajmi 351 metr kub.