Kopperfild Devid

Kopperfild Devid (asli Dodik Kotkin) (1959.16.1, Nyu Jersi shtati, Metchen sh.) — Amerika fokuschisi, afsun- gar, dunyoning eng mashhur ko’zbog’lovchisi. Ota-onasi asli odessalik. K.ning yosh- ligidan xotirasi juda kuchli bo’lgan. 4 yoshida bobosi ko’rsatgan fokuslarni tezda o’zlashtirib, izidan qaytargan. 7 yoshidan mustaqil, o’zi o’ylab topgan fo- kuslarini odamlar oldida namoyish eta boshlagan. 12 yoshidan turli shaharlar bo’ylab tomoshalar ko’rsatgan. 15 yoshida AQSh «afsungarlar jamiyati»ga qabul qilingan. 16 yoshidan Nyu-York un-tida afsungarlikdan dars bergan. 1974 y.dan Chikagoning «sehrgar» myuziklida ish- lagan va uzun musiqali loyihalari uchun «Kopperfild» taxallusini olgan. 1978 y. «Ey-bi-si» telekompaniyasida dunyoga mashhur ko’rsatuvlarini olib borgan. 80-y.lardan butun Amerika va dunyoni aylanib, o’z tomoshalari b-n jahonni lol qoldirmoqda. Eng mashhur tomoshalari: Buyuk Xitoy devorini «teshib o’tish», «Grand-Kanon» ustidan uchib o’tish, Ozodlik haykalini «yo’q qilish», mo’z tagida o’tirib, keyin uni yorib chiqish, olov ichidan ham o’zini, ham yonidagi ayol- ni sog’-omon «olib chiqish» va b. Nufuz- li «Emi» mukofotiga 12 marta sazovor bo’lgan Mohina Ashirova.