KO’PRIT

KO’PRIT (lot. cuprum — mis), qizil mis rudasi, — oddiy oksidlar kichik sinfiga mansub mineral. Kimyo- viy formulasi Si2O. Tarkibida 88,8% mis bor. Kub singoniyali. Qizil kri- stallar, sertuproq massalar, ignasimon agregatlar. Qattiqligi 3,5—4. Zichligi 6140 kg/m3. Mo’rt. Mis konlarining OK- sidlanish zovasida uchraydi. Xalkozin, bornit rudalarining oksidlanishidan hosil bo’ladi. Ural, Oltoy (RF) va b. joylardagi konlarda malaxit, azurit, temir gidroksidlari b-n birga uchray- Di. O’zbekistonda Olmaliq — Angren r-nidagi Qalmoqqir va sari-cheku kon- larida bor. K. eng yaxshi mis rudalaridan biri.