KOPTOKLI XOKKEY
KOPTOKLI XOKKEY – sport turi, 900-110 metr x 50-70 metr kattalikdagi muz maydonchasida jamoa bo’lib o’ynaladi. 19-asr o’rtalarida Buyuk Britaniyada paydo bo’lgan. Shvetsiya, Finlyandiya, Norvegiya, Rossiya, Niderlandiya, Shveytsariyada musobaqalar o’tkazib turilgan. 1950 yil o’rtalarigacha ikki xil ko’rinishi — g’arbiy yevropacha xokkey — bendi va rus Koptokli xokkeyi bor edi. 1955 y. Xalqaro federatsiya (IBF)ga asos solindi. Unga 10 dan ortiq mamlakat a’zo. 1957 yildan jahon birinchiliklari o’tkaziladi.