Kora
Kora (yunoncha kore-qiz)-uzun libosli tik turgan qiz haykali. Kora qadimgi yunon san’atiga xos bo’lib, ilk bor Ioniya haykaltaroshligida miloddan avvalgi VI asrning 2-yarmida paydo bo’lgan. Kora qiyofasida muhrlangan lahza va umumlashma shakl bilan nafis ishlov berilgan marmar sirti (soch turmagi, libosdagi burmalar) uyg’unlashgan. Koraning ayrim bo’laklari (ko’z, kiyim) ko’pincha bo’yalgan.