Ko’ragon, Kuragon, Gurgon

Ko’ragon, Kuragon, Gurgon (mo’g’ulcha kuyov)-Chingizxon xonadoniga mansub malikalarga uylangan shaxslarga berilgan unvon. Chingizxon unvonini olganligi bilan faxrlanib yurganlar. Ko’ragon Movarounnahrda mo’g’ullar istilosidan so’ng iste’molda bo’lgan. Amir Temur va temuriylar davrida bu unvon kishi ismiga qo’shib aytilgan. Masalan, Amir Temur Ko’ragon, Ulug’bek Ko’ragon, Mironshoh Ko’ragon va boshqalar. Shuningdek, temuriylar zarb etgan tangalarda ham Ko’ragon unvoni bitilgan. Ko’ragon unvoniga ega amirning boshqa amirlarga qaraganda imtiyozlari katta bo’lgan.