KO’RARE
KO’RARE (karibcha «ko’rari» so’zidan) — chilibuxa va buddleyadoshlarga mansub (asosan, tropiklarda o’sadigan) o’simliklar ekstraktini quyultirib olinadigan kuchli zahar. Tarkibida kurarin alkaloidlari bor. Qonga tushsa, nerv falajlanadi. Janubiy Amerikaning tub aholisi Ko’rareni kamon uchini zaharlash uchun ishlatgan. Ko’rare yoki ko’raresimon moddalarni davo yoki tadqiqot maqsadida qo’llash ko’rarizasiya deyiladi. Tibbiyotda, asosan, sintez qilib olingan ko’raresimon moddalar qo’llaniladi.