KO’RATOV IVAN ALEKSEYEVICH
KO’RATOV IVAN ALEKSEYEVICH [1839. 6(18).7, Komining Kibra (hozirgi Ko’ratovo) qishlog’i — 1875.17(29).11, Verniy (hozirgi Olmaota) shahri] — komi shoiri, tilshunos. Komi adabiyotining asoschisi. Vologdadagi liniy semivariyada ta’lim olgan (1854 — 60). Qozondagi polk auditorlari maktabini bitirgach, harbiy-sud ishiga, O’rta Osiyoga jo’natilgan (1866). Hayotining keyingi davri O’rta Osiyo bilan bog’liq kechgan. Ko’ratov chinovniklar, movaxlar, poplarni masxaralab, ko’plab she’riy asarlar yaratgan. («Somson», «Tushlar», «generalga», «zulmat»). Ko’ratov hajviy ertaklar («makul» va boshqalar), avtobiografik Doston — «ko’rning esdaliklari» hamda tilshunoslikka, komi tili grammatikasiga oid asarlar muallifi. Lekin ular o’sha davrda kitob holida nashr etilmagan. Jahon adabiyotining eng yaxshi namunalarini komi tiliga tarjima qilgan. Asarlari 20-asrning 30-60-yillarida nashr qilingan.