KORDOVA KATTA MASJIDI

KORDOVA KATTA MASJIDI – Kordova (Ispaniya)dagi me’moriy yod- gorlik. Jahondagi qad. eng yirik mas- jidlardan biri. Asrlar davomida barpo etilgan bo’lib, har gal kengaytirib bo- rilgan. Binoning asosiy o’zagi — mas- Jidning hoz. shim.-g’arbiy qismi (11 nefli, 12 ravokli) 786 y.da qurilgan. Aholi soni tez o’sib borayotgan poytaxt uchun masjid kichiklik qilgani sababli 961-966-y.lar Jan. tomon kengaytiril- gan. Marmar ustunlar b-n bezatilgan ba- Land minora qad ko’targan. Ikki qo’shimcha va 8 nefli yagona bino qurilgan. 987— 88-y.lar masjid Sharq tomon qarata ken- gaytirilgan. Shu tarzda u o’zining katta umumiy tarhi (22 250 m2)ga ega bo’lgan. Har bir kengaytirilish davomida mi- noralar ko’rinishidagi 2 qavat ravoklar qurilmasi saqlanib qolgan. Tuzilishi- da Arab me’morligi an’analari mujas- Sam. Katta zali 19 nefli, 600 dan ortiq ustunlar joylashtirilgan. 2 qavatli ravoqlar ustunlar qatoriga tayangan (ba’zi ustunlar Vizantiya va b. joylar- dan keltirilgan). Ravoqlarning 1-qatori taqasimon, 2-qatori yoysimon bezaqli bo’lib, ular ravoqning mutanosibligiga bo’ysungan. Gumbaz osti bag’allari 3 va 5 qatlamli, doirasimon shakldagi murak- kab tuzilishga ega bo’lib, o’zaro ravoqlar b-n kesishgan. Bag’al va ravoqlar gi- rix handasiy naqshlar b-n bezatilgan. K.k.m.ning yon tomonida xristian Kapel- lasi (13-a.) vujudga kelgan. K.k.m. ispan- Mag’rib me’moriy yo’nalishidagi o’ziga xos uslubga egadir.