KOREYA BO’G’OZI

KOREYA BO’G’OZI — Koreya yarim oroli bilan Yaponiya arxipelagi oralig’ida. Yapon dengizini Sharqiy Xitoy dengizi bilan bog’lab turadi. Kengligi 180 kilometr, uzunligi 324 kilometr, eng sayoz joyining chuqurligi farvaterida 73 metr. Susima orollari bo’g’ozni ikkiga ajratib turadi. Bo’g’oz orqali xalqaro ahamiyatga ega dengiz yo’llari o’tgan. 1904-05 yillardagi Rossiya — Yaponiya urushi vaqtida Koreya bo’g’ozida Susima jangi (1905) bo’lgan.