Korfarmon
Korfarmon — o’tmishda o’zbek an’anaviy teatrining rahbari (rej.), boshqaruvchisi. U etakchi aktyor ham hisoblangan. K., odatda, san’atkorlar yig’inida saylangan va mehtarboshi (Qo’qon xonligida), g’olibboshi (Buxoro xonligida) tomonidan tasdiqgangan. k. tomosha maydoni, sharoiti va tomosha- binlarni hisobga olgan holda tomosha re- jasini tuzgan, asbob-anjom hozirlagan. Teatr repertuarini boyitish, kulgi- hikoya, muqallid va hajviy o’yinlarni xalqqa manzur etib ko’rsatitshtsa K.ning hizmati katta bo’lgan. 19-a.ning yarmi va 20-a. boshida Zokir eshon (Qo’qon), To’la masxara (Buxoro), Mizrob masxara (Shahrisabz) kabi K.lar o’tgan. Yusufjon qiziq Shakarjonov ham iste’dodli K. bo’lgan.