Koriz

Koriz – bir-birlari bilan yer ostida birlashtirilgan oqar quduqlar. Koriz trassasi belgilab chiqilgach, trassa bo`ylab har 10 metrda quduqlar qazilgan. Suvli qatlam qalinligiga qarab, suv chiqadigan bosh quduqning chuqurligi 14-30 m, ba’zan 60-70 metr bo`lgan. Quduqlar lahim (tunnel) orqali bir-biriga birlashtirilgan. Lahimning bo`yi 1,5 m, eni 1 m, uzunligi bir necha km gacha bo`lgan. Koriz Yaqin Sharq mamlakatlari, Eron, Afg`oniston va Sharqiy Turkistonda ko`p qurilgan. Korizdan Zakavkaze va O`rta Osiyoning tog` oldi hududlarida ham keng foydalanilgan.