Korneychuk Aleksandr Evdokimovich
Korneychuk Aleksandr Evdokimovich [1905.12 (25). 5, Xristinovka stantsiyasi (hoz. Cherkassi viloyati) — 1972.14.5, Kiev] — ukrain dramaturgi va davlat arbobi. Ukraina FA (1939), SSSR FA (1943) akad. «Eskadraning haloqati» (1933), «Haqiqat» (1937), «Platon Kre- chet» (1934), «Bogdan Xmelniskiy» (1939) pesalari ukrain dramaturgiya- sida muhim urin tutadi. «Ukraina chul- larida» (1941), «Front» (1942), «Makar Dubrava» (1948), «Bodrezakzor» (1950), «Mening do’stlarim» (1970) va b. pesa- larida 2-jahon urushi va undan keying yillardagi xalqlar hayoti va mexnati tasvirlangan. «Platon Krechet», «Eska- dra haloqati», «Front» va b. asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan, ba’zila- ri o’zbek teatrlarida sahnalashtirilgan.