Kornilov Lavr Georgievich
Kornilov Lavr Georgievich (1870— 1918) — rus harbiy arbobi, infanteriya generali (1917). Turki- ston harbiy okrugi shtabining raz- vedka bo’limida xizmatqilgan (1899— 1903). 1917 y. Rossiyada armiya, front qo’mondoni, iyul—avg. oylarida esa Oliy bosh qo’mondon. Front ichkarisi va t.y.larni harbiylashtirish b-n Ros- siyadagi ahvolni (so’l radikal parti- yalar mavqeini kuchayishi b-n bog’liq) bir maromga keltirishni nazarda tut- gan dasturni olg’a surgan. Butun dav- lat hokimiyatini o’ziga tinch yo’l b-n o’tkazish haqida K.F.Kerenskiy b-n mu- zokaralar olib borgan. Qat’iy harbiy rejim o’rnatilishi bo’yicha 24 avg.da bir qator harbiy tadbirlarni amalga oshirgan. 27 avg.da qo’mondonlikdan chet- latilgan, farmonga bo’ysunishdan bosh tortgach, isyonchi deb e’lon qilingan va tez orada qamoqqa olingan. Fuqarolar urushi davrida Ko’ngillshshr armiya- si tashqilotchilaridan biri va bosh qo’mondon (1917 y. noyab. — 1918 y. apr.). Ekaterinodar (hoz. Krasnodar) yonidagi jangda o’ldirilgan.