KOROTKO GENNADIY FEODOSEVICH
KOROTKO GENNADIY FEODOSEVICH (1928.14.12, hozirgi Qibray tumani) — biolog, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1968), biologiya fanlari Doktori (1959), professor (1956). Toshkent qishloq xo’jalik institutini tugatgan (1948). Toshti normal fiziologiya kafedrasi assistenti (1949-56), Andijon tibbiyot instituti normal fiziologiya kafedrasi mudiri (1956-82), ilmiy ishlar bo’yicha prorektor (1970-74). Ilmiy ishlari, asosan, ovqat hazm qilish a’zolari fiziologiyasiga bag’ishlangan.