Korovin Evgeniy Petrovich
Korovin Evgeniy Petrovich (1891. 25.2 – Moskva — 1963.1.12) — bota- nik olim. O’zbekiston FA akad. (1947), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1940), prof. (1932). Mo- skva un-tini tugatgan (1917). O’rta Osiyo unti o’simliklar geogr.si va sistemati- kasi kafedrasi mudiri (1928-60). Un-t qoshidagi Biologiya i.t. in-ti (1932— 38), O’zbekiston FA Botaniqa in-ti (1944-48, 1950— 52) direktori. K.ning ilmiy ishlari, asosan, ekologiya, geogr., flora, o’simliklar qoplami va filoge- netikaga oid. Ferula turkumidan 60 dan ortiq yangi turni fanga kiritgan. O’rta Osiyo va Qozog’iston bo’ylab o’tkazilgan 24 ekspedisiyada qatnashib, uchlamchi davr qazilma florasi (Turkmaniston ksero- fiti, Qoratov lezofili)ni topgan. O’rta Osiyoda g’o’zani r-nlashtirish xaritasini tuzgan. As: Geobotanicheskaya karta O’zbekistona, T., 1949; Rastitelnost Sredney Azii i Kazaxstana, v 2 tomax, M., 1961, 1962.