Korporativ manfaat
Korporativ manfaat – kor – porasiyaga kiruvchi firma, kompaniya, tashqilotlar uchun umumiy manfaatlar. Bu manfaat birgalikda tovar yoki xiz- mat bozorlariga kirib borish, unda o’z o’rnini topib, mavqeini mustahkamlash, raqobat kurashida g’olib chiqib, foydani yoki mahsulot i.ch. hajmini ko’paytirish, mahsulot sifatini keskin yaxshilash shaklida bo’lishi mumkin. K.m. o’zida bir nechta maqsadlarni aks ettiradi. Manfaatdorlik mexanizmi ko’p va si- fatli mahsulotni kam xarajat b-n i.ch., mahsulot tannarxini kamaytirish, xom ashyo, material, energiya, yoqilg’i va pul mablaglarini te-jashni, iqtisodiy maqsadga muvofiqligini ta’minlaydi va foyda hamda daromadni ko’paytiradi. K.m. ko’p bosqichli xususiyatga ega bo’lib, korporasiyada ishlovchi har bir xodim, tarkibiy bo’limlar va umuman korporasiyaning manfaatlaridan shak- llanadi.