KORPUSKULYAR-TO’LQIN DUALIZMI
KORPUSKULYAR-TO’LQIN DUALIZMI — materiyaning har qanday mi- kroob’ektlari (fotonlar, elektronlar, protonlar, atomlar va b.) ham korpusku- lyar (zarra), ham to’lqin xususiyatlari- ga ega ekanligi haqidagi qoida. Zarra- ning traektoriya bo’ylab harakatlanishi tushunchasi b-n to’lqinning tarqalish yo’nalishi tushunchasi klassik (an’a- naviy) fizikada bir-biridan tamo- Mila farq qiluvchi fizik jarayonlar hisoblanadi. Fotoeffekt, Kompton effekti va b. hodisalarda o’tkazilgan tajriba natijalari oqimi — fotonlar xossalariga ham ega bo’lishini ko’rsatdi. Bu holda foton energiyasi E va impulse r, yorug’lik chastotasi v va to’lqin uzun- ligi X ga quyidagi munosabatlar b-n bog’langan: E=hv, p=h/X (L-Plank do- imiysi). Ikkinchi tomondan Kristal- larga to’shayotgan elektronlar oqimining kristallardagi difraktsiya hodisasini ularning to’lqin xususiyatiga egaligi bilangina tushuntirish mumkin. Demak, mikroolamga xos muhim xususiyat ikki tomonlama xususiyatning K-t. D. mav- judligidir. Zarralar sochilishidagi difraktsiya hodisasi zarralarning tra- ektoriya bo’ylab harakatlanishi tushun- chasiga zid bo’lib, to’lqin xususiyatiga ega bo’lishini ko’rsatadi.