Korroziya

Korroziya (lot. corrigere — o’ymoq, emirmoq) — 1) jinslar (metallar, be- ton, tosh, yog’och, ba’zi plastmassalar va b.)ning tashqi muhit b-n biologik, ki- myoviy yoki elektr-kimyoviy ta’sirlashu- VI oqibatida emirilishi. Temir va te- Mir qotishmalari K.si zanglash deb ham ataladi (yana q. Metallar korroziyasi). Ximoya qoplamlari (mas, lok-bo’yoq Mate- riallar) qoplash, muhitga ingibatorlar (mas, xromatlar, nitritlar, arsenitlar) kiritish, korroziyabardosh materiallar ishlatish yo’li b-n K.ning oldini olish mumkin; 2) tibbiyotda — o’yuvchi moddalar ta’sirida to’qimalarning emirilishi; 3) geologiyada — kimyoviy yoki mexaniq jarayonlar ta’sirida tog’jinslarining emirilishi, kanallar, o’ralar, g’orlar va b. hosil bo’lishi. Kimyoviy K.da suvning kimyoviy ta’sirida jinslar sirti eriy- Di va eyiladi (o’yiladi), mexanik K.da esa jinslarning sirti ediriladi.