Ko’rsatuv

Ko’rsatuv (huquqda) – surish- tiruv, dastlabki tergov va sudla hal qilivayotgan ishga oid biror ahamiyatli holatni aniqlash uchun shaxsning so’roqda bergan tushuntirishi. K. itshdagi faktik ma’lumotlarni izoxlash, tahlil qilish, biror voqeaga va uning ishtirokchilari- ga aloqador fikr-mulohaza, vaj, taxmin va iltimos tarzida ham bo’lishi mumkin. Fuqarolik va xo’jalik ishlari bo’yicha sudda taraflar, 3-shaxslar, ularning qonuniy vakillari va guvoxlar, jino- yat ishlari bo’yicha esa — gumon ostida- gi shaxs, ayblanuvchi, sudlanuvchi, guvoh va jabrlanuvchi, ba’zan ekspert so’roq kilivadi. So’roqsa qonun talablariga qatiy rioya qilinishi shart. Jismoniy yoki ruhiy qiyvash, qo’rqitish, aldash, huquq va erkinliklarini g’ayriqonuniy cheklash yo’li b-n K. olishga jinoyat si- fatida qaraladi va buning uchun jazo belgilangan (O’zbekiston Respublikasi JK, 235-modda). Bu yo’l b-n olingan K. dalil hisoblanmaydi. Taraflar, 3-shaxs, ularning qonuniy vakillari da’voni quvvatlash yoki inkor etish uchun K. be- radi. Gumon ostidagi shaxs, ayblanuvchi va sudlanuvchining K.i esa ularga e’lon qilingan gumon yoki aybga oid bo’ladi. K. berish ularning majburiyati emas, balki huquqi va o’zini himoya qilish vositasidir. Shu bois ular K. berish- dan bosh tortgani yoki bilaturib yolg’on K. bergani uchun javobgar qilinmaydi, ammo so’roqqa chaqirilganda kelishga majbur, aks holda milisiya orqali kel- tiriladi. Aybga iqrorlik mazmunidagi K. sinchkovlik b-n tekshirilishi lozim va faqat to’gotangan boshqa dalillar b-n tasdiqlanganda inobatga olinadi. Ayb- ga iqrorlik va qilmishdan sidqidildan po’shaymonlikni sud jazo tayinlashda e’tiborga olishi shart. Bu xil K. bergan shaxs jabrlanuvchi b-n yarashsa, ba’zi Ji- noyatlari uchun javobgarlikdan ozod eti- lishi mumkin (O’zbekiston Respublikasi JK 66′» modda). Guvoh va jabrlanuvchining K. beri- shi — fuqarolik burchi hisoblanadi. Shu bois ular o’zlariga ma’lum bo’lgan ish uchun ahamiyatli holatlar haqida K. berishdan bosh tortsa yoki bila tu- rib yolg’on K. bersa, qonunga binoan ja- vobgarlikka tortiladi. Jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari sababli voqealarni idrok qilishga va ular haqida K. be- rishga layoqatsiz shaxs, shuningdek, sud- da vakil yotsi himoyachi bo’lib qatnashgan shaxs guvoh sifatida so’roq qilinishi mumkin emas. Jinoyat ishi bo’yicha gu- mon ostidagi shaxs ayblanuvchining yaqin qarindoshlari faqat o’z roziligi b-n guvoh yoki jabrlanuvchi tarzida so’roq qilinishi va K. berishlari mumkin. Eks- Pert o’z xulosasidagi ayrim nuqsonli, zid va noaniq jumla va iboralar haqida K. berishi mumkin. Barcha K.larga ishda- gi dalillarga qiyoslagan holda baho be- riladi. G’afur Abdumajidov.