KO’RSHAPALAKLAR

KO’RSHAPALAKLAR (Microchiroptera) — qo’lqanotli sut emizuvchilar kenja turkumi. Mevaxo’r qo’lqanotlilarga nisbatan kichik (ta- nasining o’z. 2,5 sm dan 14 sm gacha) va uchishga ko’proq moslashgan, quloq Supra- si kengroq. Keyingi oyoqlarining tovo- nida Tog’ay pix bo’lib, unga uchish parda- sining keyingi uchi tutashgan. Tishlari hasharotxo’rlarnikiga o’xshash tuzilgan, oziq tishlarining qirralari o’tkir. Ko’zlari yaxshi ko’rmaydi. K. mukammal exolokasiya xususiyatiga ega; atrofda- gi narsalarning holatini (jumladan, o’ljasini) eshitish organlari orqali qabul qilinadigan ultratovush signal- lari yordamida aniqlaydi. K.ning eshi- tish organlari 0,2 MS dan 100 MS gacha davom etadigan 20-120 KTS chastotali qisqa ultratovush impuls larini qabul qiladi. Bunday signallar bo’g’izda hosil bo’lib, og’iz yoki burun orqali tarqaladi. K. exolokasiya orqali diametri 0,1—0,08 mm gacha bo’lgan sim to’siqlarni sezishi aniqlangan. Exolokasiya orqali sezish 10— 15 m dan oshmaydi. 650 ga yaqin turi, jumladan, O’zbekistonda 19 turi ma’lum. Tunda yoki shomda faol uchib, oziq qidiradi. Ko’pchilik turlari, jum- ladan, O’zbekistonda tarqalgan barcha K. qasharotlar b-n oziqlanadi. Ko’pchilik turlari tropik va suptropik iqlimda tarqalgan. Ayrim tropik turlari meva- lar, gul nektari va changi, issiqqonli hayvonlarning qoni, sut emizuvchilar, sudralib yuruvchilar va baliqlar b-n oziqlanadi. Daraxtlar kovagi, toshlar yorig’i, g’orlar va imoratlardagi pana joy- larni o’ziga makon qilib oladi. Minglab individlardan iborat koloniya hosil qiladi. Ayrim g’orlarda K. koloniyasi- dagi individlar soni 20 mln.ga etishi aniqlangan. Mo»tadil va sovuq ikdimda tarqalgan K. geteroterm bo’lib, ularning tana harorati tashqi muhit harorati ta’- sirida o’zgarib turadi. Ko’pchilik shimol K.i 7-8 oylik qishqi uyquga ketadi. Odatda, g’orlar, tashlandiq shaxtalar va chuqur yoriqdarda qishlaydi. Bir qancha turlari qishlash uchun Jan.ga uchib ke- tadi. Yidda bir marta 1-2 tadan ko’zi yumuq, yungsiz bola tug’adi. 20 yilgacha yashaydi. K. tungi hasharotlarni, jum- ladan, q. x. zararkunandalari, qonxo’r ikki qanotlilarni kirib juda kata foyda keltiradi. O’simlikxo’r turlari gullarni changlantiradi va urug’larni tarqatadi. Amerikadagi ayrim K. odam- lar orasida qutirish kasalligi virusi va ayrim infektsiyali kasalliklarni tarqatishi aniqlangan. Bir qancha turla- ri muhofaza qilinadi.