Korsika
Korsika — O’rta dengizning shim. qismidagi Orol. O’z. 183 km, kengligi 85 km. Mayd. 8,7 ming km2. Qirg’oqlari g’arbida tik va qoyali, kuchli parchalan- gan, qo’ltiq ko’p, sharqida tekis, past va kam parchalangan. K., asosan, granit va gilli slaneslardan tuzilgan. Relefi tog’li, eng baland joyi 2710 m (Mon- SENTO cho’qqisi). Iqlimi o’rta dengiz iqlimi. Yanv.ning o’rtacha t-rasi 12-13°, iyulniki 24-26°, yillik yog’in tekis- liklarda 600 mm dan, tog’larda 1200 mm gacha. Daryolari qisqa, yozda suvi ka- mayib, ba’zan qurib qoladi. Makvis va doim yashil butazorlar, dub, qarag’ay, qoraqarag’ay o’rmonlari, tog’tepalarida subalp va Alp o’tloqlari bor. Sohil va vodiylarda subtropik dehqonchilik qilinadi. Tokchilik, bog’dorchilik ri- vojlangan, tog’yon bag’irlarida donli ekinlar etishtiriladi. Chorvachilikda qo’y, echki, yilqi boqiladi. Baliq ovla- nadi. Turizm rivojlangan. Bosh shahri — Ayachcho. Qadimda K.da iberi va Liguri qabilalari yashagan. Mil. AV. 3-a.da Rim, mil. 6-8 a.larda Vizantiya, 9-a.da ara- blar egallagan. 11-a.da Piza, 1347-1764 y.larda Genuya, 1768 y.dan Frantsiya tarki- bida. K. da Napoleon Bonapart tug’ilgan.