Korteslar

Ma’nosi

Korteslar (ispancha cortes, corte-qirol saroyi so’zidan)-o’rta asrlar davrida Pireney yarimoroli davlatlarida toifaviy-vakillik organlari (G’arbiy Yevropada ilk bor). Dastlab 1137 yili Kastiliyada tilga olinadi. XIII-XIV asrlarda katta rol o’ynagan. Dastlab Korteslar tarkibiga faqat zodagonlar va ruhoniylar kirishi mumkin edi. 1188 yili shaharliklar ham ularda qatnashish huquqini qo’lga kiritdilar. Absolyutizm o’rnatilishi bilan o’z ahamiyatini yo’qotgan.

O‘xshash so‘zlar

K harfiga oid tarixga oid ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar