Kortina-D’ampesso

Kortina-D’ampesso – Italiya dagi shahar, Venesiya viloyatida, Dolo- mitli Alp tog’lari oralig’idagi vodiy- da, 1200 m balandlikda, Boyte daryosi- ning chap sohilida joylashgan. Tofane, Kristallo va b. qorli qoyalar qurshab turadi. Iqlimining qulayligi, manzara- li landshafti uning xalqaro ahamiyatga ega iqlim qurorti bo’lib rivojlanishi- ga imkon yaratgan. Qishki va yozgi sport o’yinlari markazi. 1956 y.da K.-D’A.da 7-qishki Olimpiya o’yinlari bo’lib o’tgan. Turizm markazlaridan: sport fil- mlari xalqaro festivali o’tkaziladi. Mahalliy aholi hunarmandchilik b-n ham shug’ullanadi.