Korvet
Korvet (fransuzcha corvette)-1) XVII-XIX asrlarda harbiy flotda razvedka va yordamchi ishlarni bajarishga mo’ljallangan yelkanli yengil kema. 18-30 ta kichik va o’rta kalibrli qurolga ega bo’lgan. Suv sig’imi 460 tonna va undan ortiq edi. XIX asrning 40-yillarida g’ildirakli, 60-yillarning oxirida yelkanli-parrakli Korvetlar paydo bo’lgan; 2) 2-jahon urushi davridan hozirgacha Buyuk Britaniya, AQSh va boshqa harbiy flotlarlarda suvosti kemalari hamda havo hujumidan mudofaa qo’shinlariga tegishli jangovar kemalar. Suv sig’imi 500-1600 tonna, tezligi 16-20 uzel (30-70 kolometr/soat).