Koryak tog’ligi, Koryak tizmasi
Koryak tog’ligi, Koryak tizmasi — RF Osiyo qismining shim.-sharqidagi tog’lik. Bering dengizi sohilida. Ana- dir qo’ltig’i va Kamchatka ya.o. orasida. O’z. 880 km, eni 270 km gacha bal. 600— 1800 m. Eng baland joyi Ledyanaya tog’i (2562 m). Kichik muzliklar bor. Asosan, terrigen va kremniyli vulkanogen jin- slardan tarkib topgan. Yon bag’irlari tundra o’simliklari b-n qoplangan, yirik Daryo vodiylarida terak, buta va pakana kedr o’rmonlari bor. Foydali qazilmalari: oltin, kumush, qalay, mis, polimetall, molibden, simob, oltingu- gurt, toshko’mir, qo’ng’ir ko’mir.