KORYAKLAR MUXTOR OKRUGI

KORYAKLAR MUXTOR OKRUGI – RF Kamchatka viloyati tarkibidagi okrug. 1930 y. 10 dek.da tashqil etilgan. Mayd. 301,5 ming km2. Aholisi 29,3 ming kishi (2000). Koryak, chukcha, itelmen, rus, ukrain va b. Millatlar vakillari yashaydi. Aholisining 37% shaharlarda istiqomat qiladi. Okrugda 5 shaharcha bor. Markazi Palana shaharchasi. Kamchat- ka ya.o.ning shim.da va materikning unga yondosh bir qismida joylashgan. Oxota va Bering dengizlari o’rab turadi. Rele- Fi tog’li (eng baland joyi 2562 m). Yanv. ning o’rtacha t-rasi -24° dan -26° gacha, iyulniki 10-14°. Yillik yog’in 300-700 mm. Okrug hududida ko’p yillik mo’zloq erlar keng tarqalgan. Tuproqlari tundra, torfli-botqoq tuproklar. Xo’jaligining asosiy tarmog’i — baliq sanoati, bug’uchilik. Darrandachilik, ov- chilik ham rivojlangan. Qo’ng’ir ko’mir qazib olinadi. Penjina daryosida kema- lar qatnaydi.