KOSA
KOSA (kxosa), amakosa, Janubiy zulu, kafrlar — Janubiy Afrika Respublikasi (JAR)da yashovchi bantu guruhiga mansub xalq. JARda 7,4 million kishi (1990-yillar o’rtalari), Botsvanada 5 ming kishi yashaydi. Katta negroid irqiga mansub. Isikosa tilida so’zlashadi. Yozuvi lotin alifbosi asosida. Dindorlari — Protestantlar, an’anaviy diniy e’tiqodlar saqlangan. Kosa dehqonchilik, chorvachilik va temirchilik (qurolsozlik, zargarlik) bilan shug’ullanadi.