Kosatka

Kosatka (Oreinus ogsa) – tishli kitlar turkumining delfinsimonlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvon. Erkagining o’z. Yum gacha, og’irligi 8 t gacha, urg’ochisi kichikroq. Elka so’zgichi to’mtoq va juda keng, orka so’zgichi juda baland (erkagida 1,7 m gacha, urg’ochisida 0,9 m gacha). K. kosmopolit, Arktikadan Antarktidagacha bo’lgan ochiq dengizlarda tarqalgan. Soatiga 55 km gacha tezlikda so’za oladi. Bo’g’ozlik davri 16 oyga yaqin. O’z. 2-3 m keladigan bitta bola tug’adi. 35 yilcha umr ko’radi. Kitsimonlar orasida yagona yirtqich tur, asosan, boshoyoqli mollyuskalar va baliqlar b-n oziqlanadi, ba’zan kurakoyoqlilar (tyulen) va kitsimon (delfin)larga hujum qiladi. Odam uchun xavfli emas. Tutqunlikka ko’nikadi, yuv- vosh, oson qo’lga o’rganadi. Ko’plab ovla- nadi. O’rtacha kattalikdagi K.dan 1 t gacha yog’, 1,5—3 t gacha go’sht olinadi.