Koshinkorlik, Koshinpazlik

Koshinkorlik, Koshinpazlik-koshin yasash va binolarni koshin bilan bezatish san’ati, kasbi. Sharqda qadimda ma’lum bo’lgan. Koshinkorlik bilan maxsus ustalar shug’ullangan. Usta (koshinpaz)lar maxsus loydan tayyorlangan koshinlarni sirlab, xumdonda pishirib olishgan. Naqshli, gullar ishlangan koshin sirlangach yana bir bor xumdonda pishirilgan. Barcha mamlakatlarda koshin tayyorlash usullari maxfiy tutilgan.